Boş sahifa Koreyada çet elliklar rōyxatidan ōtiş
Maqola
qaytiş

Koreyada çet elliklar rōyxatidan ōtiş

Koreya Respublikasiga kirib kelgan kundan boşlab 90 kundan kōp uzoq muddat istiqomat qilmoqçi bōlgan çet elliklar çet ellik rōyxat kartasini olişi kerak. Rōyxatni yakunlagan çet elliklar soḡliq suḡurtasini olişi mumkin va ularning farzandlari Koreya Respublikasi yoki çet el maktabiga kirişi mumkin. çet elliklar har doim çet ellik rōyxat kartasini olib yurişi kerak

Çet elliklar rōyxat kartasi

Ariza topşiradigan şaxslar

  • Koreya Respublikasida 91 kundan kōp istiqomat qilmoqçi bōlgan çet elliklar
  • Koreya Respublikasi fuqaroligidan voz keçib çet ellik fuqaroligini olgan şaxslar
  • Istiqomat uçun ruxsat olgan kundan boşlab 91 kundan kōp istiqomat qilmoqçi bōlgan, Koreya Respublikasida tuḡilgan çet elliklar

Çet elliklar rōyxatidan ozod qilingan şaxslar

  • Diplomatlar, davlat işçilari, bitim vizasiga ega bōlgan şaxslar va ularning oila a’zolari (A-1, A-2, A-3)
  • 6 oydan kam istiqomat qiladigan Kanada fuqarolarining içida quyidagi faoliyat bilan şuḡullanadigan şaxslar: madaniyat / san’at (D-1), din (D-6), taşrif qilib birga yaşaş (F-1), hamrohlik (F-3), boşqa (G-1)
  • Diplomatlik, sanoat, davlat xavfsizligi kabi muhim işlar bilan şuḡullanadigan şaxslar va ularning oila a’zolari
  • Adliya vaziri çet elliklar rōyxatidan ōtişidan ozod qiliş zarurligi bor deb hisoblangan çet elliklar

Rōyxatdan ōtiş muddati

  • 91 kundan kōp istiqomat qilmoqçi bōlgan çet elliklar:
    • Davlatga kirib kelib 90 kun içida
  • Istiqomat huquqi berilgan yoki ōzgartiriş ruxsatini olgan çet elliklar
    • Ruxsat olingandan keyin

Rōyxatdan ōtiş tartibi va rōyxat kartasini oliş usuli

Çet elliklar rōyxatidan ōtişga ariza topşirgan şaxslar albatta quyidagi hujjatlarni manzilgohi qaraydigan immigratsiya byurosi yoki filialiga topşirişi kerak.

  • Çet elliklar rōyxatidan ōtiş arizasi, pasport, rangli surat 1ta (3,5 sm X 4,5 sm), istiqomat turi bōyiça kerak bōlgan hujjatlar, haq 30 ming von
  • Çet elliklar rōyxatidan ōtiş muddati 1 yil va uni tugaşidan oldin yangilaş kerak.
  • Istiqomat şartnomasiga kerak bōlgan hujjat viza turiga qarab farq qiladi.
  • Rōyxat kartasini ariza topşirgan joydan bevosita yoki poçta orqali oliş mumkin, va karta berilişi uçun taxminan 4 hafta vaqt ketadi.

Immigratsiya byurosiga taşrif qilişingizdan oldin “Hi Korea” (www.hikorea.go.kr) veb-saytida albatta oldindan taşrifni bron qiliş kerak.

Har xil arizalar

Çet elliklarda har xil ariza burçi bor Uçbu burçlar bajarilmasa jarima solinadi yoki jazolaganligi uçun ehtiyot bōliş kerak.

Çet elliklar rōyxati ma’lumotlari ōzgargani haqida ariza topşiriş burçi

Rōyxatdan ōtgan çet elliklar quyidagi ariza sabablari içida bittasi bōlsa ham Immigratsiya byurosida çet ellik rōyxat ma’lumotini ōzgartirişi kerak.

Ariza va usuli

  • Ismi, jinsi, tuḡilgan kuni va fuqaroligi ōzgargan bōlsa yoki pasport raqami, berilgan sanasi, yaroqlik muddati ōzgarganda
  • Madaniyat/san’at (D-1), çet ellik talabalar (D-2), oddiy stajorlik (D-4), reportaj (D-5), din (D-6), istiqomat (D-7), kompaniya investitsiyasi (D-8), savdo va menejment (D-9) malakalariga ega bōlgan çet elliklar fuqaro bōlgan guruh yoki guruh nomi ōzgarganda
  • Ariza muddati:
    • Yuqoridagi ariza sababi paydo bōlganidan 14 kun içida
  • Ariza usuli:
    • Arizaçi yoki vakokatli şaxsi qaraşli Immigratsiya byurosiga kerakli hujjatlarni topşiradi.
  • Topşiriladigan hujjatlar:
    • Pasport
    • Çet ellik rōyxat kartasi
    • Çet ellik rōyxati haqidagi ma’lumotni ōzgartiriş arizasi
    • Ōzgargan ma’lumotni isbotlovçi hujjatlar

Istiqomat manzili ōzgargani haqida ariza topşiriş burçi

Rōyxatdan ōtgan çet ellik istiqomat joyini ōzgartirganida albatta yangi joyga kōçgan kunidan boşlab 14 kun içida yangi manzilining şahar, gun, gu ma’muriyati va ip, myon, dong ma’muriyati yoki tegişli Immigratsiya byurosiga istiqomat joyi ōzgargani haqida ariza topşirişi şart.

Topşiriladigan hujjatlar:

  • Pasport
  • Çet ellik rōyxat kartasi
  • Istiqomat manzilini ōzgartiriş arizasi
  • Istiqomat manzilini isbotlovçi hujjatlar

Iş beruvçi haqida ariza topşiriş burçi

Çet ellik işçilarni işga oluvçisi yoki çet ellik sanoat stajorligi korxonasining direktori quyidagi ariza sabablari paydo bōlganda şu kundan boşlab 15 kun içida Immigratsiya byurosiga ariza topşirişi kerak.

Ariza sababi

  • Çet ellik işçilarni işdan bōşatgan yoki çet ellik işçilari işdan bōşagan yoki ōlgan holda
  • Işga olgan çet ellikning turgan joyini bilmagan holda
  • Iş şartnomasining muhim tarkibi ōzgargan holda

Namuna) Iş şartnomasining muddatini ōzgartiriş, iş joyi nomini ōzgartiriş, iş beruvçi yoki iş joyi manzilini ōzgartiriş, işçini boşqa iş joyi (zavod)ga jōnatiş (iş joyini ōzgartiriş)da işga olingan çet ellik immigratsiya qonuni va boşqa qoidalarni buzgan holda

Çet ellik talabalik haqida ariza topşiriş burçi

Rōyxatga olingan ma’lumotni ōzgartiriş, istiqomat muddatini çōzdiriş, istiqomat manzilini ōzgartiriş kabilarini çet ellik talabalarning ōzi yoki ularning vakolatli şaxslari bevosita bajarişi mumkin.

  • Ariza muddati:
    • Ariza sababi paydo bōlganda bu haqda bilgan kundan 14 kun içida ariza topşiriş kerak.

Vaqtinçalik iş (arbayt) bilan şuḡullanmoqçi bōlgan çet ellik talaba (D-2), til ōrganiş (D-4-1) vizasiga ega bōlgan çet ellik talabalar Immigratsiya byurosining ruxsatini olişi kerak. Ruxsat beriladigan sohalar mutahassislik faniga yaqin deb tan olinadigan iş turi, ijtimoiy umumiy fikr bōyiça talaba odatda qila oladigan iş turi, işlaş çegaralanmagan boşqa oddiy mehnat sohalari, sotuvçilik, restoran işçisi, tadbirga yordam beruvçi işçilar kabilariga ruxsat beriladi. Istiqomat muddati içida eng uzoḡi 1 yilgaça ruxsat beriladi.

Çet ellik rōyxat kartasini qaytarib beriş majburiyati

  • Qaytariş joyi
    • Immigratsiya byurosi
  • Qaytariş sababi
    • Rōyxatdan ōtgan çet ellikning oxirgi davlatdan çiqib ketayotganda
    • Rōyxatdan ōtgan çet ellikning ōzining fuqarolidan voz keçib Koreya Respublikasi fuqaroligini olganda
    • Rōyxatdan ōtgan çet ellik ōlganda
    • Rōyxatdan ōtgan çet ellik çet elliklar rōyxatidan ōtişdan ozod qilinganda
  • Qaytariş muddati
    • Koreya Respublikasidan butunlay çiqib ketayotgan şaxs davlatdan çiqib ketayotganda
    • Rōyxatdan ōtgan çet ellik Koreya Respublikasining fuqaroligini olgan kundan 30 kun içida. Koreya Respublikasi fuqaroligini olganligi haqidagi guvohnoma va çet el fuqaroligi yōqolganligi haqidagi guvohnoma birga topşiriladi
    • Rōyxatdan ōtgan çet ellik ōlganda ōlganligini tasdiqlaydigan kundan 30 kun içida, tekşiruv guvohnomasi, ekspertiza guvohnomasi yoki boşqa ōlim haqidagi guvohnomasi birga topşiriladi.

Sil tekşiruvidan ōtiş burçi

Sil xavfi baland bōlgan davlatlarning fuqarosi vizaga ariza topşirganda yoki Koreyada istiqomat malakasini ōzgartiriş, istiqomat muddatini çōzdiriş kabi arizalarini topşirganda sil tekşiruvi guvohnomasi bilan birga topşirişi kerak. A-1, A-2, A-3 viza turi va 6 yoşdan kam bōlgan bolalar bundan ozod etiladi. Sil tekşiruvidan poliklinikada ōtiş mumkin va sil tekşiruvi guvohnomasining yaroqlik muddati 3 oy.

Sil kasalligi xavfi baland davlatlar rōyxaitga Ōzbekiston ham kiradi.

Uşbu maqola muallif tomonidan CC BY 4.0 bilan licensiyalangan.