Boş sahifa Koreyada işlaş
Maqola
qaytiş

Koreyada işlaş

Xorijlik fuqarolarning Koreyadagi faoliyatlari doirasi va Koreyada bōliş muddatlari çeklangan bōlib, bu çeklovlar ularning vizalarida belgilab qōyiladi. Koreyada vaqtinçalik yaşaş maqomiga ega har qanday xorijlik fuqaro ham işga yollaniş huquqiga ega emas. Vaqtinçalik yaşaş maqomi “işga yollaniş huquqiga ega” va “işga yollaniş huquqiga ega emas” turlariga bōlinadi.

Işga yollaniş huquqini beruvçi viza turlari:

  • Qisqa muddatli işga yollaniş (C-4)
  • Ixtisoslaşgan kasbiy faoliyat (E-1~7)
  • Nokasbiy faoliyat (E-9)
  • Koreya fuqarosi bilan oila quriş (F-6)
  • Kema ekipaj xodimi (E-10)
  • Sayohat yuzasidan işga taşrif (H-1)
  • Iş yuzasidan taşrif (H-2)
  • Muddatli rezidentlik (F-2)
  • Doimiy rezidentlik (F-5)

Viza turiga kōra işga yollaniş tartibi

Qisqa muddatli işga yollaniş (C-4).

Uşbu viza turi 90 kungaça bōlgan mehnat faoliyatini olib boriş huquqini beradi. Xorijlik fuqaro Koreyada vaqtinçalik reklama qiliş, moda işlari, maʼruza ōqiş, nutq sōzlaş, tadqiqot, texnik kōrsatma beriş kabi faoliyatlar bilan şuḡullanişi mumki bōladi.

Ixtisoslaşgan kasbiy faoliyat (E-1~7)

Koreya immigratsiya xizmati tomonidan belgilangan ixtisoslaşgan kasbiy faoliyat turlari ettita bōlib, ularga quyidagilar kiradi:

Viza turiViza nomi (koreys tilida)Bir martalik muddati
E-1Professorlik (교수)Beş yilgaça
E-2Xorijiy tilni ōrgatiş (회화지도)Ikki yilgaça
E-3Ilmiy tadqiqot (연구)Beş yilgaça
E-4Texnologik yōriqçilik (기술지도)Beş yilgaça
E-5Professional kasb (전문직업)Beş yilgaça
E-6Sanʼat va madaniyat faoliyati (예술흥행)Ikki yilgaça
E-7Alohida belgilangan faoliyat (특정활동)Uç yilgaça

Ixtisoslaşgan kasbiy faoliyat turidagi vizaga ega bōliş uçun xorijlik fuqaro belgilangan talablarga javob beriş kerak. Şifokor va hamşiralar tegişli vazirlik roziligi bilan Koreyada işga yollanişga ruxsat olişlari mumkin. Masalan, umumiy amaliyot şifokori bōlib işlamoqçi bōlga xorijliklar sertifikat (ruxsatnoma) olişlari şart. Uşbu sertifikatni oliş uçun “Milliy Tibbiyot Xodimlarini Litsenziyalaş Uyuşmasi”da tibbiyot va farmatsevtik bōyiça imtihon topşirişlari lozim. Ariza beruvçi uyuşma aʼzolari tomonidan tōliq ōrganib çiqilgandan keyingina imtihon topşiriş imkoniga ega bōladi.

Xorijiy tilni ōrgatiş vizasiga (E-2) ariza beruvçi  muqaddam sudlanmaganligi yoki jinoiy işga aralaşmaganligi tōḡrisida maʼlumotnoma, soḡliḡi tōḡrisida tibbiy maʼlumotnoma va ariza beruvçi diplomining asliga tōḡriligini tasdiqlovçi xujjatni taqdim etişi kerak. Şuningdek, ariza beruvçi xorijlik fuqaro Koreyada rōyxatdan ōtayotganda işga yollaniş uçun tibbiy maʼlumotnoma ham topşiriş kerak bōladi. Uşbu maʼlumotnoma Adliya Vazirligi tomonidan belgilangan tibbiyot muassasasida beriladi va unda giyoxvandlikka oid tekşiruv natijalari kōrsatiladi.

Nokasbiy mehnat faoliyati (E-9)

Xorijlik fuqarolarning nokasbiy mehnat faoliyatiga ruxsat beriş tizimiga kōra, mehnat şartnomasi tuzişga rozi bōlgan şaxslar mehnat resurslarini eksport qiliş muassasasi (Taşqi Mehnat Migratsiyasi Masalalari Agentligi) tomonidan taşkil qilingan işga tayyorlov kursini ōtiş kerak bōladi. Koreyada nokasbiy mehnat faoliyati 3 yil va mehnat faoliyati davrida tomonlar (işçi va iş beruvçi) kelişuviga asosan mehnat şartnomasi muddati yangilanişi mumkin. Nokasbiy mehnat faoliyat davrida işçi ōz oila aʼzolarini Koreyaga olib kelişiga ruxsat berilmaydi. Qayta işga joylaşiş qonunçiligiga kōra, iş beruvçi mehnat şartnomasi muddati tugaşidan kamida 7 kun avval mehnat şartnomasini uzaytirişga ariza berişi mumkin. Mehnat şartnomasi yangilansa  işçi Koreyani tark etmasdan 1 yil va 10 oy qolişi kerak va mehnat şartonmasining muddati faqat bir marta yangilanişi mumkin. Umuman, xorijlik nokasbiy işçilar ilk bor işga yollangan iş ōrnida işlaşlari kōzda tutilgan. Biroq işçilar ōz iş ōrinlarini qonunda kōrsatilgan quyidagi sabablarga kōra ōzgartirişi mumkin.

Iş joyini ōzgartirişga ruxsat berilgan holatlar (xorijlik  işçilarni işga joylaşiş tōḡrisidagi qonun 1-bandi, 25-moddasi, ijro etiş qarorining 30 moddasi)

  • Iş beruvçi asosli sabablarga kōra mehnat şartnomasini muddati tugamasdan bekor qilişga harakat qilganda yoki işçi ōz mehnat şartnomasi bekor qilingandan keyin şartnomani yanglaşdan boş tortsa.
  • Iş beruvçi taşkilotning yopilişi, tugatilişi yoki işçi xodimiga boḡliq bōlmagan boşqa sabablarga kōra işçi ōz iş joyida işlaşni davom ettira olmaydigan holatlarda.
  • Iş joyida işga yollaş maqullanişi bekor qilingan yoki çeklanganda.
  • Mehnat şartnomasi kōrsatilgan şart-şaroitlardan farqli bōlgan mehnat şaroitlari va  mehnat şaroitlarining buzilişi sababli mehnat şartnomasi muddatini tōliq ōtaş qiyin bōlgan holatlarda.
  • Xorijlik işçi jarohatlar sababli iş joyida işlaşga layoqatli emas, ammo boşqa iş ōrinlarida işlay olişi mumkin, deb tan olinganda.

Iş joyini ōzgartirmoqçi bōlgan xorijlik işçi iş joyini tark etgandan keyin bir oy içida yangi işga yollaniş uçun murojaat qilişi kerak va ariza bergan sanadan boşlab 3 oy içida qayta işga yollanişi kerak. Umuman, xorijlik işçi Koreyaga kirgandan keyin mehnat faoliyati uçun berilgan viza muddati davomida iş joyini 3 martagaça ōzgartirişi mumkin va agar xorijlik işçi qayta işga yollaniş sababli mehnat faoliyati muddatini uzaytirgan bōlsa, uzaytirilgan muddat davomida ōz iş ōrnini 2 martagaça ōzgartirişi mumkin. Iş beruvçi taşkilotning yopilişi, tugatlişi yoki işçiga boḡliq bōlmagan boşqa sabablarga kōra işçi ōz iş joyida işlaşni davom ettira olmasdan  (25-modda 1-band 2-bōlim) iş joyini ōzgartirsa, iş joyini ōzgartirişi soniga kirmaydi.

Sayohat yuzasidan işga taşrif (H-1)

Uşbu viza maqomi Koreya bilan kelişuv memorandumi yoki sayyohlarga işlaş huquqini beriş bitimiga erişgan mamlakatlar (Avstraliya, Kanada, Yaponiya, Fransiya, Irlandiya, AQŞ, Germaniya, Şvetsiya, Daniya, Tayvan, va boşqalar) fuqaroligiga ega Koreya kelişdan asosiy maqsadi sayohat bōlib safar xarajatlarini qoplaş uçun qisqa muddat işlaşni xohlovçi şaxslarga beriladi. Uşbu viza turi uçun beriladigan mauddat 1 yil. Ōzbekiston Respublikasi fuqarolari uçun uşbu viza maqomini olişga ruxsat berilmagan.

Iş yuzasidan taşrif (H-2)

Bu viza maqomiga egalar işga joylaşişi uçun avvalo Bandlik va Mehnat Vazirligi (BMV) tomonidan belgilangan taʼlim muassasasida taşkil etilgan tayyorlov kursini ōtişlari va işga yollaniş maqomini oliş uçun BMVga murojaat qilişlari kerak. Şuningdek. viza egalari BMV tomonidan belgilangan maxsus imkoniyatlar yaratilgan iş joylaridagina işlaşi mumkin. Bundan taşqari, viza egalari yangi iş joylari haqida Immigratsiya xizmatiga xabar qilişlari kerak. Boşqa viza turlari kabi bu viza egalari Koreyaga taşrif buyurgandan 90 kun içida Immigratsiya xizmat idorasida xorijlik sifatida rōyxatdan ōtişi kerak. Bu viza bilan işlovçilar quriliş sohasida işlaşi uçun quriliş sohasida işga yollanişi mumkinligini tasdiqlovçi guvohnoma olişlari kerak. Uşbu guvohnomani oliş uçun işçilar quriliş sohasida işga yollaniş bōyiça rōyxatdan ōtişi va maxsus taʼlim kursini tamomlaşlari zarur bōladi.

Muddatli rezidentlik (F-2)

Muddatli rezidentlik vizasiga ega şaxslar doimiy yoki vaqtinçalik işga joylaşişi mumkin. Bu borada çeklovlar mavjud emas.

Doimiy rezidentlik (F-5)

Doimiy rezidentlik maqomiga ega xorijliklar  uçun mehnat faoliyatlarini amalga oşirişda heç qanday çeklovlar yōq.

Talabalarning işlaş tartibi (D-2, D-4-1)

Koreyada taʼlim olayotgan xorijlik talabalarga qisman qōşimça işlaşga ruxsat beriladi. Uşbu qōşimça iş ōquv faoliyati kōlamidan ortiq bōlmasligi kerak. Xorijlik talaba (D-2) yoki til kursida ōqiş (D-4-1) viza maqomiga egalar ōquv muassasasinigng xalqaro bōlimidan ruxsat olgandan sōng işga joylaşişlari mumkin. Til kursida ōqiş (D-4-1) viza maqomidagilar Koreyaga kirib kelgandan (ōqişni boşlaganda) 6 oy ōtgandan keyin işlaşlari mumkin bōladi.

Talabalar ōquv davrida duşanbadan jumagaça haftasiga 20 soatgaça (magsitratura va doktorantura talabalari esa 30 soatgaça) faqat 2 tagaça iş joyida işlaşlari mumkin. Dam oliş kunlari (şanba, yakşanba, va bayram kunlari) va taʼtil vaqtida iş soatlari va iş joylari soni çeklanmagan. Yuqoridagiş şartlar Koreyaga oila aʼzosi sifatida taşrif buyurib (F-1, F-3 viza egalari) ōrta maktabni tamomlaganlar uçun ham amal qiladi.’

Uşbu maqola muallif tomonidan CC BY 4.0 bilan licensiyalangan.