Boş sahifa Nima uçun Koreyada öqiş kerak
Maqola
qaytiş

Nima uçun Koreyada öqiş kerak

Amaliy fanlar va texnologiyada yölboşçi

Koreya axborot va aloqa texnologiyasa (AAT) dunyodagi eng rivojlanganlardan biri bölib ayni vaqtda Koreya dunyoda maşinasozlik, kimyo, kema-yasaş, va avtomobil sanoatida etakçi hisoblanadi. Ayniqsa AAT va uyali aloqa tizimida, Koreya dunyoda birinçi örinda turadi. Ikki milliondan köp oila yuqori tezlikdagi Internet hizmatidan foydalandi. Axborot va aloqa texnologiyasida Koreya dunyodagi alohida bir kuç hisoblanib, Koreyaning texnologiyadagi yutuqlari va ijodkorligi boşqa mamlakatlardan ajratib turadi. Yaqinda, Koreyada ixtiro qilingan texnologiyalar butun dunyoni öziga qaratdi. Dunyoning eng işçan tadqiqot texnologyasi bilan Koreyada taʼlim olişingiz kelajakda katta yutuq va yuqori mansabga erişişingizda yordam beradi.

Taʼlim oliş va yaşaş arzon

Koreyada taʼlim va yaşaş xarajatlari AQŞ, Kanada, Angliya kabi ğarb mamlakatlariga nisbatan ança arzon. Şuningdek, çet ellik talabalar uçun turli grant va stipendiyalar mavjud. Taʼlim va yaşaş xarajatlarining arzonligi sababli talabalar öqişini moliyaviy qiyinçiliklarsiz tamomlay oladi. Qöşimça tarzda, Koreyada taʼlim olişga qiziqiş sönggi yillarda ança oşdi bunga sabab Koreya hukumatining turli grantlar ajratişi va qöşimça işlaşga oid çegarlarni kamaytirişdir. Talabalar bitirgandan keyin Koreyada iş topiş imkoniyatlari oldingiga nisbatan ança yuqori, ayniqsa injeneriya (kompyuter, mexanika, kimyo-biologiya) sohasidagi talablar uçun keng imkoniyatlar yaratilgan. Şuningdek, Koreya madaniyati osiyolik talablarga ança mos tuşib madaniy zarba paydo bölmaydi va qiyinçiliklarsiz boşqalar bilan kelişib keta oladi.

Yuqori sifatli taʼlim muhiti va aʼlo darajali öqituvçilar

Koreyada taxminan tört yuzga yaqin oliy taʼlim muassasalari mavjud bölib, ular yuqori sifat darajasidagi izlaniş jihozlari va şaroitlariga ega. Laboratoriya şaroiti, talabalar yotoqxonasi va soğlomlaştiriş sport markazlari talabalarga qoniqarli hayot keçiriş va öqişi muhitini yaratadi. Ustozlarni köpçiligi doktor darajasida bölib, töliq izlaniş tajribasi va aʼlo ziyoga ega. Ularning köpçiligi çet elda taʼlim olganligi hamda izlaniş yuritganligi sababli turli mamlakatlarning madaniyati va anʼanasi bilan yaqindan taniş. Bu esa talabalarni izlanişga töğri yöllay olişini bildiradi. Umuman olganda, Koreya professor öqituvçilari talabalarni kelajakdagi muvaffaqiyati uçun töğri tasavvur bera oladi.

Taʼlimdagi ğayrat

Koreyadagi ijtimoiy qiziqişlarning eng muhimidan biri bu - taʼlim. Uzoq yillar davomida Koreyaning asosiy taʼlim maqsadi isteʼdodli zehnlarni tarbiyalaş bölgan. Mengzi, Xitoy faylasufi öz hayotidagi uç qadrli narsadan eng qadrlisi yoş toliblarni tarbiyalaş bölib taʼlimni yuqori baxolaş anʼanasi Koreyadan kirib kelgan deb yozadi. Boşlanğiç maktabni tamomlagan talabalarning 100 foizi örta maktabga ötişi fakti koreyadagi taʼlimga bölgan qiziqiş va ğayratni körsatadi. Şuningdek, har yili yarim million talaba universitet va kollejlarga kiradi. Taʼlimdagi ğayrat Koreya talabalarini yuqori intelektual qobilyat va akademik yutuqlarga erişişga sabab böldi. Koreyada, odamlar talabalarga hurmat va işonç bilan qaraydi, buni barça çet ellik talabalar his qilişi mumkin.

Anʼana va madaniyat

Koreya bir qança madaniy meʼros va anʼanalarga ega. Bir neça ming yillik tarix turli madaniyatni yaratdi va ildizi hozirgi kungi hayot tarzida aks etadi. Siz madaniy qoldiqlarni butun mamlakat böylab topişingiz mumkin. Bu haqda maşhur Koreys olimi Koreyaning özi bir muzeydir deb aytgan. Ammo, madaniy meʼroslar faqatgina jismoniy emas, madaniyat Koreys xalqining hayot tarzida ham aks etgan. Bunday muhitda siz erkin taʼlim oliş va mahoratingizni oşirişingiz mumkin.

Mehmondöstlik va ijtimoiy havfsizlik

Koreyaliklar umuman olganda mehmondöst xalq. Ularning çet el madaniyati va anʼanalarini örganişga iştiyoqi yuqori. Uçraşuv boşida uyalib-tortinib turişsa-da, vaqt ötişi bilan juda ham kirşib ketadi va özlarini mehribonligini körsatadi. Dunyoda sanoqli mamlakatlarda keçasiyu-kunduzi bemalol köçada yuriş mumkin, Koreya ham şular jumlasiga kiradi. Xorijliklarga qaratilgan jinoyat işlari juda ham past darajada, şu sababdan çet ellik talabalar uçun Koreya tinç va havfsiz mamlakat deb aytiş mumkin.

Tabiiy gözallik

Koreya uzoq yillar davomida “Geum-Su-Gang-San” deb atalgan, şoyiga öralgandek tabiiy çiroyli mamlakat deb ataladi. Hitoyliklar esa “Koreyada tuğiliş va geum-gan toğini köriş mening umid qilardim” deyişadi. Koreyaning uç tomoni dengiz bilan öralgan sababli, Koreyadagi har bir inson yer va dengiz gözalligi va ajoyibotidan bir vaqtda bahramand bölişi mumkin. Koreya mutloq farqli tört faslga ega, siz har bir faslning öziga hos gözalligini zavqlanişingiz mumkin. Koreya kiçik bölişiga qaramasdan, har bir tumanning bemisl xususiyatga ega. Şimoliy-şarqiy qismining toğlari baajib qoyalar bilan bezalga bölib, hamda janubiy-şarqiy qismi esa tekisliklardan iborat.

Koreyada taʼlim oling!

Xulosa qilib aytganda, ğarb mamlakatlariga nisbata Koreyada taʼlim oliş ança arzonga tuşadi, hamda turli grant va stipendiya sohibi böliş imkoni ham bordir. Koreya hukumati xorijlik talabalarni qöllab quvvatlaşni boşlaganiga ança böldi. Şu asosda hukumat xalqaro hamjamiyatga yanada yaqinlaşadi deb işonadi. Koreyani boşqa davlatlarga ijobiy taniştiriş, xalqaro hamjamiyatdagi Koreyaning obrösi va mavqeʼni yanada oşiradi. Şuningdek, aqlli va zukko talabalarni Koreyada bölişini, jahonga tinçlik va barqarorlik ğoyasini oldinga surişda yordam böladi deb umid qiladi. Koreya barçangizni tʼalim olişga taklif qiladi!

Uşbu maqola muallif tomonidan CC BY 4.0 bilan licensiyalangan.