Dongdaemun — Seuldagi eng katta kiyim bozorlaridan biri. Bu yerda köçadagi kiçik dökonlar ham, köp qavatli savdo markazlari ham bor. Bu darsda Anvar qişki kurtka sotib oladi: ölçam söraydi, kiyib köradi va narxni biroz tuşirişni iltimos qiladi.
Dialog
Hammasini tinglaş tugmasi dialogni boşidan oxirigaça öqiydi: har bir gap avval koreysça, keyin özbekça eşitiladi. Bitta gapni qayta eşitiş uçun uning ostidagi KO yoki UZ tugmasini bosing.
- 점원 (Sotuvçi)
어서 오세요. 뭐 찾으세요?
Eoseo oseyo. Mwo chajeuseyo?
Xuş kelibsiz. Nima qidiryapsiz?
- 안바르 (Anvar)
겨울 재킷 좀 보여 주세요.
Gyeoul jaekit jom boyeo juseyo.
Qişki kurtkalarni körsating.
- 점원 (Sotuvçi)
이거 어때요? 요즘 인기가 많아요.
Igeo eottaeyo? Yojeum ingiga manayo.
Mana bu qanday? Hozir köp sotilyapti.
- 안바르 (Anvar)
색이 예뻐요. 입어 봐도 돼요?
Saegi yeppeoyo. Ibeo bwado dwaeyo?
Rangi çiroyli. Kiyib körsam böladimi?
- 점원 (Sotuvçi)
네, 저기 탈의실에서 입어 보세요.
Ne, jeogi taruisireseo ibeo boseyo.
Ha, ana u yerdagi kiyim almaştiriş xonasida kiyib köring.
- 안바르 (Anvar)
좀 작아요. 더 큰 거 있어요?
Jom jagayo. Deo keun geo isseoyo?
Biroz kiçik ekan. Kattaroği bormi?
- 점원 (Sotuvçi)
네, 이거 입어 보세요. 라지 사이즈예요.
Ne, igeo ibeo boseyo. Raji saijeuyeyo.
Bor, mana buni kiyib köring. Bu katta ölçam.
- 안바르 (Anvar)
딱 맞아요. 얼마예요?
Ttak majayo. Eolmayeyo?
Aynan töğri keldi. Qança turadi?
- 점원 (Sotuvçi)
89,000원이에요.
Palman gucheonwonieyo.
89 000 von.
- 안바르 (Anvar)
너무 비싸요. 좀 깎아 주세요.
Neomu bissayo. Jom kkakka juseyo.
Juda qimmat ekan. Biroz arzonroq qilib bering.
- 점원 (Sotuvçi)
그럼 8만 원에 드릴게요.
Geureom palmanwone deurilgeyo.
Unda 80 000 vonga beraman.
- 안바르 (Anvar)
좋아요. 이걸로 할게요.
Joayo. Igeollo halgeyo.
Yaxşi. Şunisini olaman.
Butun dialogni bitta audio fayl sifatida ham tinglaşingiz mumkin:
Kiyim olayotganda kerak böladigan iboralar
이거 입어 봐도 돼요?
Igeo ibeo bwado dwaeyo?
Buni kiyib körsam böladimi?
이 신발 신어 봐도 돼요?
I sinbal sineo bwado dwaeyo?
Bu oyoq kiyimni kiyib körsam böladimi?
탈의실이 어디예요?
Taruisiri eodiyeyo?
Kiyim almaştiriş xonasi qayerda?
더 큰 거 있어요?
Deo keun geo isseoyo?
Kattaroği bormi?
더 작은 거 있어요?
Deo jageun geo isseoyo?
Kiçikroği bormi?
다른 색 있어요?
Dareun saek isseoyo?
Boşqa rangi bormi?
너무 커요.
Neomu keoyo.
Juda katta.
딱 맞아요.
Ttak majayo.
Aynan töğri keldi.
이거 얼마예요?
Igeo eolmayeyo?
Bu qança turadi?
좀 깎아 주세요.
Jom kkakka juseyo.
Biroz arzonroq qilib bering.
이걸로 할게요.
Igeollo halgeyo.
Şunisini olaman.
택스 리펀드 돼요?
Taekseu ripeondeu dwaeyo?
Soliqni qaytarib oliş mumkinmi?
Grammatika
-아/어 보다 — “…ib körmoq”
Biror narsani sinab köriş uçun feʼlga -아/어 보다 qöşiladi. Özbekçadagi “-ib körmoq” ning aynan özi:
- 입다 (kiymoq) → 입어 보다 (kiyib körmoq)
- 신다 (oyoqqa kiymoq) → 신어 보다 (kiyib körmoq)
- 먹다 (yemoq) → 먹어 보다 (yeb körmoq)
3-darsdagi -아/어도 되다 bilan birga ruxsat söraladi: 입어 봐도 돼요? — Kiyib körsam böladimi? Sotuvçi esa 입어 보세요 (kiyib köring) deydi.
Koreys tilida “kiymoq” uçun bir neçta feʼl bor: kiyim uçun 입다, oyoq kiyim va paypoq uçun 신다, boş kiyim va közoynak uçun 쓰다.
-(으)ㄴ — sifat + ot
Sifat otdan oldin kelganda unga -(으)ㄴ qöşiladi. Özagi unli bilan tugasa -ㄴ, batçim bilan tugasa -은:
- 크다 (katta) → 큰 거 (kattasi)
- 싸다 (arzon) → 싼 거 (arzoni)
- 작다 (kiçik) → 작은 거 (kiçigi)
- 다르다 (boşqa) → 다른 색 (boşqa rang)
거 — 것 (narsa) sözining oğzaki şakli. 더 큰 거 있어요? — Kattaroği bormi? (더 — 5-darsdagi “-roq”.) Feʼllar esa 5-darsdagi -는 bilan otga qöşiladi: 타는 곳.
너무 va 좀 깎아 주세요
너무 — “juda”, köpinça “haddan taşqari” maʼnosida: 너무 비싸요 (juda qimmat), 너무 커요 (juda katta).
깎다 — asli “kesmoq, yönmoq”, lekin dökonda “narxni tuşirmoq” degani. 6-darsdagi -아/어 주세요 va 좀 bilan yumşoq iltimos qilinadi: 좀 깎아 주세요 — biroz arzonroq qilib bering.
Ölçam: 사이즈, 크다, 작다, 맞다
- 사이즈 — ölçam: 사이즈가 어떻게 되세요? (Ölçamingiz qanday?)
- 크다 / 작다 — katta / kiçik: 좀 커요, 좀 작아요
- 맞다 — töğri kelmoq: 딱 맞아요 (aynan töğri keldi), 안 맞아요 (töğri kelmayapti)
- 길다 / 짧다 — uzun / qisqa: 바지가 길어요 (şim uzun)
Köp dökonlarda S, M, L (스몰, 미디엄, 라지) belgilari işlatiladi. Erkaklar kiyimida köpinça raqamlar ham uçraydi: 95 — M, 100 — L, 105 — XL.
Dongdaemundagi köçadagi dökonlar va bozorlarda narxni biroz tuşirişni söraş odatiy hol, lekin universal magazinlar (백화점) va narxi yozib qöyilgan dökonlarda savdolaşilmaydi. Dongdaemundagi köp savdo markazlari keçasi keç soatlargaça işlaydi; ulgurji bozorlarning ayrimlari esa keçasi oçiladi, işlaş vaqtini oldindan tekşiring. Sayyohlar “Tax Free” belgisi bor dökonlarda maʼlum summadan oşgan xarid uçun pasport körsatib, soliqning bir qismini qaytarib olişi mumkin.
Maşq
Koreysça qanday aytiladi?
- Buni kiyib körsam böladimi?
- Kattaroği bormi?
- Boşqa rangi bormi?
- Biroz arzonroq qilib bering.
Javoblar: 1. 이거 입어 봐도 돼요? 2. 더 큰 거 있어요? 3. 다른 색 있어요? 4. 좀 깎아 주세요.
Audio yozuvlar sunʼiy intellekt yordamida, OmniVoice modeli (CC BY-NC litsenziyasi) bilan yaratilgan. Talaffuzda kiçik xatolar bölişi mumkin. Dars mavzusi KBS WORLD Learn Korean kursining 2-qismi asosida tanlangan; dialog va tarjimalar sayt mualliflari tomonidan yozilgan.