Boş sahifa Koreya davlat ramzlari
Maqola
qaytiş

Koreya davlat ramzlari

Davlat bayroḡi

Koreya Respublikasining davlat bayroḡi koreys tilida “Tegeukki” (태극기) deb ataladi.  Şarqiy falsafada bayroq bezagining ramzi “Yin” va “Yang” tamoyilini bildiradi.  Bayroqning ōrtasidagi doira teng ikkiga bōlingan bōlib, yuqori  qizil rangli yuzasi Yang”ning faol samoviy kuçni bildiradi. Aksinça, pastgi kōk rangli  qismi esa “Yin”ning qarşi samoviy kuçni bildiradi.  Bu ikki kuç birgalikda doimiy harakat, muvozanat va hamjihatlik Davlat madhiyasiramzi bōlib, çeksizlik doirasini tasvirlaydi Doiraning burçaklarida tōrt trigramma osmon, er, olov va suvning anglatadi.

Koreya Bayroḡi

Davlat guli

Koreya Respublikasining davlat guli Mugungxva (무궁화), yaʼni şaron atirgulidir. Yilining iyul - oktyabr oylarida butun Koreya bōylab şaron atirguli (mugungxva) oçiladi. Boşqa gullardan farqli ravişda  mugungxva matonatli va turli kasallik va haşarotlarga bardoşli. Bu gulning ramziy ahamiyati Koreys tilidagi sōz “mugung” - abadiylikdan kelib çiqqan. Uşbu gul aynan Koreys xalqining sabirlilik va matonatliligini anglatadi.

Davlat madhiyasi

Koreya Respublikasining davlat madhiyasi “Egukka” deb nomlanib, “Davlatga sevgi” (vatanparvarlik) manosini beradi. 1986 yil Dongrip Şinmun (Mustaqillik gazetasi) madhiya musiqasiga madhiya sōzining bir neça variantlarini çop etdi. Uşbu madhiya matni ōşa kunlarda qaysi musiqa bilan kuylangani aniq emas. Tarixiy yozuvlarga kōra Dexan Imperiyasi davrida (1897-1910) Ḡarb-usulidagi harbiy musiqaçilar gurhi tuzilgan va 1902 yilda Dexan Imperiyasining “Egukka” (madhiyasi) ijod etilgan. Uşbu madhiya ōşa davrda muhim milliy ahamiyatga ega bōlgan. “Egukka”ning yozma matni 1907 yilda millatning sadoqatini tōlqilaştiriş va çet davlatlarning anneksiya qiliş tahdidiga qarşi turiş uçun paydo bōlgan. Yillar davomida, madhiya matni 1948 yil hozirgi xolatidagi Davlat Madhiyasi deb qabu qilingunça bir neça bor tahrirlandi. Ruspublika taşkil bōlişida avval 1948 yilgaça, madhiya Şotland xalq musiqasi - “Auld Lang Syne”ga kuylangan.  Maestro An Ik Te (1905-1965), Ispaniyada yaşagan vaqtda,  vatanparvarlik şeʼrini boşqa davlatning xalq musiqasiga kuylaş tōḡri emasligini xis qildi. Şu sababdan 1935 yilda gimnning yangi musiqasini yozdi va qoçqindagi Koreya Vaqtinça Hukumati tomonidan uşbu musiqa gimn sifatida qabul qilindi. Garçi davlatdan taşqaridag Koreyslar gimnni yangi musiq bilan kuylaşsada, davlat içidagi xalq 1945 yil mustaqillikkaça “Auld Lang Syne” ga kuylaşda davom etişgandi. 1948 yilda Koreya Respublikasi hukumati gimnning yangi musiqasini rasman qabul qildi va barça rasmiy ōrinlarda uşbu gimndan foydalanildi.

Koreya Gimni

Uşbu maqola muallif tomonidan CC BY 4.0 bilan licensiyalangan.