Boş sahifa Koreyada ōqişga moliyaviy yordam
Maqola
qaytiş

Koreyada ōqişga moliyaviy yordam

Koreya hukumatining Taʼlim Vazirligi, Fan, Informatsion Texnologiya va Kelajakni Rejalaştiriş Vazirligi, Aʼloqa va Axborot Agentligi, Madaniyat, Sport va Turizm Vazirligi ōz stipendiayalari bor. Uşbu stipendiyalarning asosiy qismi izlanişda bōlgan magistatura va doktorantura talabalariga beriladi. Bundan taşqari har bir universitetning çet ellik talabalarga beriladigan stipendiyalari ham mavjud. Buning uçun siz maʼqul kōrgan universitet stipendiyalar haqiqagi maʼlumotlarni, şartlarini, qabul jarayonini va albatta ōqiş muddUniversitet stipendiyasiatini ōşa universitetning akademik konsultanti orqali bilib olişingiz tavsiya qilinadi.

Universitet stipendiyasi

Koreyadagi hamma universitetlarda grantlar mavjud faqat grant miqdori va şartlari turliça. Umuman olganda grantlar aʼlo baholar bilan ōqigan talabalarga beriladi. Koreya universitetlarning kōp qismi Koreyalik talabalardan kōra çet ellik talabalarga kōproq miqdorda pul ajratadi. Asosan universitet ōqiş pulining 30-50 foizga kamaytiriladi. Albatta bunday holatda ham ōzgarmas şartlar bor va bu şartlar talaba uçun qiyin emas.  Ōqiş puli, universitet tarafidan beriladigan yordam va grantlar haqidagi maʼlumot universitetlarning veb sahifasidan topiş mumkin. Universitetning masʼul şaxslaridan ham bu haqidagi tōliq maʼlumot tōplaşingiz mumkin.

Çet ellik talabalar uçun tōliq ōqiş puli bilan taʼminlaş granti

Baholarining ōrtaçasi 2.7 (4.5 dan) yoki undan baland bōlgan bakalavr studentlar bu grantni olişga muqobil. Universitetning Taşqi Aloqalar bōlimida qabul formasi berialdi va natijada talaba kelgusi semester uçun ōqiş pulini tōllaşgan ozod qilinadi. Agarda grant olgan holda talaba universitet darslariga yozilmasa bu grant imtiyozlari bekor qilinadi. Ōqiş mobaynida talabaga bu imtiyoz 8 semestrgaça beriladi. Koreya davlati fondlari yoki davlat taklifi bilan ōqiyotgan çet ellik talabalar uçun ōqiş puli umuman olinmaydi, boşqalar esa qisman bu şartdan ozod qilinişi mumkin.

Aʼlo akademik natijalar kōrsatgan talabalar uçun grant

Bu grant aʼlo natijalar kōrsatgan bakalavr talabalari uçun beriladi. Tōrt semestrni tugatgan va ōrtaças bahosi 3.6 yoki undan baland bōlgan talabalarga beriladi. Barçaga barobar taʼlim imkoniyatlarini taʼminlaş maqsadida, har bir bōlimdan faqatina bitta talaba tanlanadi. Agarda bu şartlarga tōḡri kelgan talaba bōlmasa, unda baholari eng yuqori bōlgsan talaba tanlanadi. Bu grant boşqa grant asosida ōqiyotgan talabalarga berilmaydi. Universitet bu grantni yutgan talabaga grant sertifikati naşr qiladi. Anketalar har simestrda qabul qilinadi. Qabul vaqtlarini universitet veb sahifasidan biliş mumkin.

Işlaş va ōqiş stipendiyasi

Bu stipendiya qōşimça moddiy yordamga muhtoj talabalar uçun mōljallangan. Bu stiependiya uçun talabalar har bir fakultet tarafidan har semestrda tanlanadi. Tanlangan talaba har oyda 40 dan 60 soatgaça universitet içidagi har hil bōlimlarda, jumladan kutubxona yoki boşqaruv markazida, yordamçi sifatida işlaşi şart. Va har iş soati uçun belgilangan miqdorda (odatda 10-15 ming von) tōlov oladi.  Oylik tōllov tōḡridan tōḡri talabaning bank hisobiga ōtkaziladi. Bu stipendiyaning farqi şundaki, boşqa grant yoki stipendiya bilin ōqiyotgan talabalar ham bunday imtiyozdan foydalanişlari mumkin. Anketalar quyidagi universitet muasassalari tarafidan kōrib çiqiladi; fakultet dekanati, kutubxona, magistratura bōlimi, koreys tili markazi va boşlar.

Uşbu maqola muallif tomonidan CC BY 4.0 bilan licensiyalangan.