Boş sahifa Koreya joylaşuv va iqlimi
Maqola
qaytiş

Koreya joylaşuv va iqlimi

Juḡrofiy joylaşuvi

Koreya Yarim oroli Osiya mintaqasining şarqiy oxirida joylaşib uzunligi 1100 killometerni taşkil etadi. Ḡarbdan Tinç okeani bilan, şimoldan esa Xitoy va Rossiya bilan çegarador. Koreyaning şarqiy tomonida Şarqiy Dengiz bōlib uning ortida Yaponiya joylaşgan. Yerining 70 foizini toḡlar egallab, qirḡoq yoqalab 3000 minga yaqin orolçalar tarqalgan.

Koreyaning er maydoni 222 ming 154 km. kv. bōlib, kattaligi Buyuk Britaniya yoki Ruminyaga teng. Uşbu maydonning 45% yoki 99 ming kilometer kvadrati qişloqxojaligida foydlanaiş mumkin. Toḡli tumanlar butun maydonning taxminan uçdan ikki qismini taşkil etib, Portugalia, Vengrya yoki Irlandiya maydoniça desa bōladi.

Koreyada Haritasi

Tebeksan toḡ zanjiri şaqiy qirḡoq bōylab çōzilib, Şarqiy dengiz kuçli tōlqinlari yuvib turadi. Uşbu zarba ostida katta qoya va qoya orolçalar paydo bōlgan. Ḡarbiy va janubiy qirḡoqlar esa qiya jarlik. Jarliklar bōylab qirḡoqlari mōjizona kesilgan boḡozli yaqin orollar joylaşgan.

Yarim orolda  kōp daryo va tasvirlar çizilgan toḡlar borligi sabab Koreyslar kōpinça ōz davlatini çiroyli tillarang parçalarga qiyoslaşgan. Toḡning eng baland çōqqisi Şimoliy Koreyada joylaşgan Pektusan bōlib, Xitoy çegarasi bōylab dengiz satxidan 2744 m kōtarilgan. Pektusan toḡida ōçgan vulqonlar bōlib, uning oḡzida “Çonji” deb nom olgan katta kōl paydo bōlgan. Bu toḡ Koreyaning maxsus ruhi xisoblanib, Koreya Respublikasining gimn matnida bu haqda eslatilgan.

Nisbatan katta bōlmagan Koreya yarim orolida etariliça kōp katta va kiçik daryolar oqadi. Uşbu suv arteriyalari Koreyslar hayot tarzi va mamlakatni sanoatlaşitirişda muhim rol egalladi. Koreyaning eng katta ikki daryosi bu Naktongkang (525 km) va Koreya poytaxti Seuldan oqib ōtadigan Hankang (494 km). Hankang daryosi uzoq tarizda uning qirḡoqlarida rivojlangan aholiga muhim ahamiyatga ega bōlganidek bugungi kunda ham zij aholining hayotida muhim ahamiyatga ega.

Koreyaning uç tomonini yuvib turuvçi dengizlar ham aholi hayotida uzoq davrlardan beri muhim rolga ega bōldi. Şuning uçun ham dengizşunoslik va kemasozlik sanoati tez rivojlandi.

Iqlimi

Koreya bir-biridan farq qiladigan tōrt faslga ega. Bahor qisqa bōlişiga qaramasdan juda ham yoqimli va quyoşli bōladi. Yoz esa issiq va namlik yuqori bōlib, iyul oylarida yomḡirga boy bōladi. Kuz fasli yorqin tilla va qizil ranglar bilan bōyalib ajoyib rang-barang panoramani yaratadi. Qiş sovuq va quruq kelib vaqti-vaqti bilan qor yoḡadi. Janubiy ḡarbdagi Jeju-do (orol) yumşoq subtropik iqlimga ega. Koreya tumanlar ōrtasidagi temperatura farqi juda katta, ōrtaça hisobda 6°C dan 16°C gaça orasida bōladi. Yilining eng issiq oyi bōlgan avgustda esa temperatura 19°C dan 35°C orasida bōladi, eng sovuq oyi yanvarda esa temperatura minus 8°C gaça tuşib ketadi.

Koreyada Tōrt Fasl

Bahor faslining boşlarida şamol Xitoyning şimoliy qismidagi çōllaridan sariq qum va tuproqlarni uçurib keladi. Ammo, aprel oyi ōrtalarida haqiqiy bahor nafasini his qiliş mumkin bōladi, toḡlar va maysazorlar esa ajoyib gullarga bōyalgan bōladi. Şu vaqtda dehqonlar dalalarni guruç ekişga tayyorlaydi. Koreyslarning yil fasllari orasida sevimlisi bōlgan kuz odamni tetiklaştiradigan havo va musaffo osmonga ega bōladi. Kuz - xosillarni yiḡiştiriş vaqti hamda turli bayram va tarixiy anʼanalarga boy fasl.

Uşbu maqola muallif tomonidan CC BY 4.0 bilan licensiyalangan.