Boş sahifa Koreys tili 1-qism, 6-dars: Qöşimçalar (조사)
Maqola
qaytiş

Koreys tili 1-qism, 6-dars: Qöşimçalar (조사)

Koreys tilida sözning gapdagi vazifasini unga qöşiladigan qöşimçalar (조사) belgilaydi. Bu özbek tilidagi kelişik qöşimçalariga juda öxşaydi: “Anvar olmani yedi” va “앤바르가 사과를 먹었어요” — ikkala tilda ham söz tartibi bir xil (ega — töldiruvçi — feʼl).

Qöşimçalar ögidan keladigan sözning oxiriga bağliq: batçim bilan tugasa birinçi şakl, unli bilan tugasa ikkinçi şakl işlatiladi.

Asosiy qöşimçalar

QöşimçaVazifasiÖzbekçaMisol
이 / 가ega—동생이 와요. Ukam kelyapti.
은 / 는mavzu, taqqoslaş…esa저는 학생이에요. Men talabaman.
을 / 를vositasiz töldiruvçi-ni사과를 먹어요. Olmani yeyman.
의qaratqiç-ning친구의 책 — döstimning kitobi
에joy (bor/yöq), vaqt, yönaliş-da, -ga집에 가요. Uyga boraman.
에서harakat joyi, qayerdan-da, -dan식당에서 먹어요. Oşxonada yeyman.
(으)로vosita, yönalişbilan, tomon버스로 가요. Avtobusda boraman.
에게 / 한테kimga-ga친구한테 줘요. Döstimga beraman.
도hamham저도 가요. Men ham boraman.
와 / 과, 하고, (이)랑va, bilanva, bilan빵과 우유 — non va sut
부터 ~ 까지-dan ~ -gaça (vaqt)-dan, -gaça9시부터 6시까지

이 / 가 va 은 / 는 farqi

Bu ikki qöşimça koreys tilini örganuvçilar uçun eng qiyin mavzulardan biri:

  • 은 / 는 — gap nima haqida ekanini (mavzuni) körsatadi yoki boşqalar bilan taqqoslaydi: 저는 우즈베키스탄 사람이에요. (Men özbekistonlikman.)
  • 이 / 가 — yangi maʼlumotni yoki aynan kim/nima ekanini taʼkidlaydi: 누가 왔어요? — 친구가 왔어요. (Kim keldi? — Döstim keldi.)

에 va 에서 farqi

  • 에 — qayerda borligi yoki qayerga borişi: 학교에 있어요 (maktabda bor), 학교에 가요 (maktabga boraman)
  • 에서 — qayerda harakat qilinişi: 학교에서 공부해요 (maktabda öqiyman)

Qisqargan şakllar

Kundalik nutqda ayrim olmoş va qöşimçalar qisqarib ketadi:

TöliqQisqaMaʼnosi
저의제mening (hurmat)
나의내mening
너의네sening
저는전men esa
저를절meni
이것은이건bu esa
무엇을뭘nimani

Diqqat: 나, 저, 너 sözlariga 가 qöşilganda ular 내가, 제가, 네가 böladi. Suhbatda 네가 köpinça [니가] deb aytiladi.

Maşq

Mos qöşimçani qöying:

  1. 저___ 김치___ 좋아해요.
  2. 도서관___ 책___ 읽어요.
  3. 내일 서울___ 가요.

Javoblar: 1. 는, 를 2. 에서, 을 3. 에

Uşbu maqola muallif tomonidan CC BY 4.0 bilan licensiyalangan.