Boş sahifa Koreys tili 1-qism, 7-dars: Tasdiq va inkor gaplar
Maqola
qaytiş

Koreys tili 1-qism, 7-dars: Tasdiq va inkor gaplar

Koreys tilida inkor gap gapning turiga qarab bir neça usulda tuziladi.

1. 이다 / 아니다 — “…dir” / “…emas”

TasdiqInkor
저는 학생이에요. Men talabaman.저는 학생이 아니에요. Men talaba emasman.
이것은 사과예요. Bu olma.이것은 사과가 아니에요. Bu olma emas.

아니다 bilan kelgan söz 이 / 가 qöşimçasini oladi.

2. 있다 / 없다 — “bor” / “yöq”

TasdiqInkor
한국 친구가 있어요. Koreys döstim bor.한국 친구가 없어요. Koreys döstim yöq.
시간이 있어요. Vaqtim bor.시간이 없어요. Vaqtim yöq.

3. 안 / -지 않다 — “…mayman”

Boşqa feʼl va sifatlarni inkor qiliş uçun feʼl oldidan 안 qöyiladi yoki feʼlga -지 않다 qöşiladi. Ikkalasining maʼnosi bir xil, -지 않다 biroz rasmiyroq eşitiladi.

Tasdiq안 bilan-지 않다 bilan
고기를 먹어요. Göşt yeyman.고기를 안 먹어요.고기를 먹지 않아요.
날씨가 추워요. Havo sovuq.날씨가 안 추워요.날씨가 춥지 않아요.

“명사 + 하다” turidagi feʼllarda 안 ot va 하다 orasiga qöyiladi: 공부해요 → 공부 안 해요 (töğri), 안 공부해요 (xato).

4. 못 / -지 못하다 — “…olmayman”

Biror işni xohlab tursa ham qila olmaslikni bildiradi:

  • 수영을 못 해요. — Suza olmayman.
  • 어제 잠을 못 잤어요. — Keça uxlay olmadim.
  • 매운 음식을 먹지 못해요. — Aççiq ovqat yey olmayman.

5. -지 마세요 — “…mang”

Taqiq va iltimos uçun:

  • 여기에서 담배를 피우지 마세요. — Bu yerda çekmang.
  • 걱정하지 마세요. — Xavotir olmang.

Inkor savolga javob beriş

Koreys tilida 네 (ha) va 아니요 (yöq) savolning maʼnosiga emas, savoldagi fikr töğri yoki notöğri ekaniga qarab işlatiladi:

  • 김치 안 먹어요? — Kimçi yemaysizmi?
    • 네, 안 먹어요. — Ha (töğri aytdingiz), yemayman.
    • 아니요, 먹어요. — Yöq, yeyman.

Bu qoida özbek tilidagi kabi, lekin rus yoki ingliz tillaridan farq qiladi.

Maşq

Inkor şakliga özgartiring:

  1. 저는 의사예요.
  2. 돈이 있어요.
  3. 커피를 마셔요.
  4. 운전해요. (haydaş qöl kelmaydi)

Javoblar: 1. 저는 의사가 아니에요. 2. 돈이 없어요. 3. 커피를 안 마셔요 / 마시지 않아요. 4. 운전 못 해요.

Uşbu maqola muallif tomonidan CC BY 4.0 bilan licensiyalangan.