Boş sahifa Nima uçun Koreyada ōqiş kerak
Maqola
qaytiş

Nima uçun Koreyada ōqiş kerak

Amaliy fanlar va texnologiyada yōlboşçi

Koreya axborot va aloqa texnologiyasa (AAT) dunyodagi eng rivojlanganlardan biri bōlib ayni vaqtda Koreya dunyoda maşinasozlik, kimyo, kema-yasaş, va avtomobil sanoatida etakçi hisoblanadi. Ayniqsa AAT va uyali aloqa tizimida, Koreya dunyoda birinçi ōrinda turadi. Ikki milliondan kōp oila yuqori tezlikdagi Internet hizmatidan foydalandi. Axborot va aloqa texnologiyasida Koreya dunyodagi alohida bir kuç hisoblanib, Koreyaning texnologiyadagi yutuqlari va ijodkorligi boşqa mamlakatlardan ajratib turadi. Yaqinda, Koreyada ixtiro qilingan texnologiyalar butun dunyoni ōziga qaratdi. Dunyoning eng işçan tadqiqot texnologyasi bilan Koreyada taʼlim olişingiz kelajakda katta yutuq va yuqori mansabga erişişingizda yordam beradi.

Taʼlim oliş va yaşaş arzon

Koreyada taʼlim va yaşaş xarajatlari AQŞ, Kanada, Angliya kabi ḡarb mamlakatlariga nisbatan ança arzon. Şuningdek, çet ellik talabalar uçun turli grant va stipendiyalar mavjud. Taʼlim va yaşaş xarajatlarining arzonligi sababli talabalar ōqişini moliyaviy qiyinçiliklarsiz tamomlay oladi. Qōşimça tarzda, Koreyada taʼlim olişga qiziqiş sōnggi yillarda ança oşdi bunga sabab Koreya hukumatining turli grantlar ajratişi va qōşimça işlaşga oid çegarlarni kamaytirişdir. Talabalar bitirgandan keyin Koreyada iş topiş imkoniyatlari oldingiga nisbatan ança yuqori, ayniqsa injeneriya (kompyuter, mexanika, kimyo-biologiya) sohasidagi talablar uçun keng imkoniyatlar yaratilgan. Şuningdek, Koreya madaniyati osiyolik talablarga ança mos tuşib madaniy zarba paydo bōlmaydi va qiyinçiliklarsiz boşqalar bilan kelişib keta oladi.

Yuqori sifatli taʼlim muhiti va aʼlo darajali ōqituvçilar

Koreyada taxminan tōrt yuzga yaqin oliy taʼlim muassasalari mavjud bōlib, ular yuqori sifat darajasidagi izlaniş jihozlari va şaroitlariga ega. Laboratoriya şaroiti, talabalar yotoqxonasi va soḡlomlaştiriş sport markazlari talabalarga qoniqarli hayot keçiriş va ōqişi muhitini yaratadi. Ustozlarni kōpçiligi doktor darajasida bōlib, tōliq izlaniş tajribasi va aʼlo ziyoga ega. Ularning kōpçiligi çet elda taʼlim olganligi hamda izlaniş yuritganligi sababli turli mamlakatlarning madaniyati va anʼanasi bilan yaqindan taniş. Bu esa talabalarni izlanişga tōḡri yōllay olişini bildiradi. Umuman olganda, Koreya professor ōqituvçilari talabalarni kelajakdagi muvaffaqiyati uçun tōḡri tasavvur bera oladi.

Taʼlimdagi ḡayrat

Koreyadagi ijtimoiy qiziqişlarning eng muhimidan biri bu - taʼlim. Uzoq yillar davomida Koreyaning asosiy taʼlim maqsadi isteʼdodli zehnlarni tarbiyalaş bōlgan. Mengzi, Xitoy faylasufi ōz hayotidagi uç qadrli narsadan eng qadrlisi yoş toliblarni tarbiyalaş bōlib taʼlimni yuqori baxolaş anʼanasi Koreyadan kirib kelgan deb yozadi. Boşlanḡiç maktabni tamomlagan talabalarning 100 foizi ōrta maktabga ōtişi fakti koreyadagi taʼlimga bōlgan qiziqiş va ḡayratni kōrsatadi. Şuningdek, har yili yarim million talaba universitet va kollejlarga kiradi. Taʼlimdagi ḡayrat Koreya talabalarini yuqori intelektual qobilyat va akademik yutuqlarga erişişga sabab bōldi. Koreyada, odamlar talabalarga hurmat va işonç bilan qaraydi, buni barça çet ellik talabalar his qilişi mumkin.

Anʼana va madaniyat

Koreya bir qança madaniy meʼros va anʼanalarga ega. Bir neça ming yillik tarix turli madaniyatni yaratdi va ildizi hozirgi kungi hayot tarzida aks etadi. Siz madaniy qoldiqlarni butun mamlakat bōylab topişingiz mumkin. Bu haqda maşhur Koreys olimi Koreyaning ōzi bir muzeydir deb aytgan. Ammo, madaniy meʼroslar faqatgina jismoniy emas, madaniyat Koreys xalqining hayot tarzida ham aks etgan. Bunday muhitda siz erkin taʼlim oliş va mahoratingizni oşirişingiz mumkin.

Mehmondōstlik va ijtimoiy havfsizlik

Koreyaliklar umuman olganda mehmondōst xalq. Ularning çet el madaniyati va anʼanalarini ōrganişga iştiyoqi yuqori. Uçraşuv boşida uyalib-tortinib turişsa-da, vaqt ōtişi bilan juda ham kirşib ketadi va ōzlarini mehribonligini kōrsatadi. Dunyoda sanoqli mamlakatlarda keçasiyu-kunduzi bemalol kōçada yuriş mumkin, Koreya ham şular jumlasiga kiradi. Xorijliklarga qaratilgan jinoyat işlari juda ham past darajada, şu sababdan çet ellik talabalar uçun Koreya tinç va havfsiz mamlakat deb aytiş mumkin.

Tabiiy gōzallik

Koreya uzoq yillar davomida “Geum-Su-Gang-San” deb atalgan, şoyiga ōralgandek tabiiy çiroyli mamlakat deb ataladi. Hitoyliklar esa “Koreyada tuḡiliş va geum-gan toḡini kōriş mening umid qilardim” deyişadi. Koreyaning uç tomoni dengiz bilan ōralgan sababli, Koreyadagi har bir inson yer va dengiz gōzalligi va ajoyibotidan bir vaqtda bahramand bōlişi mumkin. Koreya mutloq farqli tōrt faslga ega, siz har bir faslning ōziga hos gōzalligini zavqlanişingiz mumkin. Koreya kiçik bōlişiga qaramasdan, har bir tumanning bemisl xususiyatga ega. Şimoliy-şarqiy qismining toḡlari baajib qoyalar bilan bezalga bōlib, hamda janubiy-şarqiy qismi esa tekisliklardan iborat.

Koreyada taʼlim oling!

Xulosa qilib aytganda, ḡarb mamlakatlariga nisbata Koreyada taʼlim oliş ança arzonga tuşadi, hamda turli grant va stipendiya sohibi bōliş imkoni ham bordir. Koreya hukumati xorijlik talabalarni qōllab quvvatlaşni boşlaganiga ança bōldi. Şu asosda hukumat xalqaro hamjamiyatga yanada yaqinlaşadi deb işonadi. Koreyani boşqa davlatlarga ijobiy taniştiriş, xalqaro hamjamiyatdagi Koreyaning obrōsi va mavqeʼni yanada oşiradi. Şuningdek, aqlli va zukko talabalarni Koreyada bōlişini, jahonga tinçlik va barqarorlik ḡoyasini oldinga surişda yordam bōladi deb umid qiladi. Koreya barçangizni tʼalim olişga taklif qiladi!

Uşbu maqola muallif tomonidan CC BY 4.0 bilan licensiyalangan.