Boş sahifa Koreys tili 2-qism, 1-dars: Asosiy iboralar
Maqola
qaytiş

Koreys tili 2-qism, 1-dars: Asosiy iboralar

Koreyaga kelgan birinçi kunlaringizda eng köp kerak böladigan iboralar — salomlaşiş, tanişiş va xayrlaşiş. Bu darsda Anvar koreys qizi Jisu bilan tanişadi.

Dialog

Hammasini tinglaş tugmasi dialogni boşidan oxirigaça öqiydi: har bir gap avval koreysça, keyin özbekça eşitiladi. Bitta gapni qayta eşitiş uçun uning ostidagi KO yoki UZ tugmasini bosing.

  1. 지수 (Jisu)

    안녕하세요!

    Annyeonghaseyo!

    Assalomu alaykum!

  2. 안바르 (Anvar)

    안녕하세요. 만나서 반갑습니다.

    Annyeonghaseyo. Mannaseo bangapseumnida.

    Assalomu alaykum. Tanişganimdan xursandman.

  3. 지수 (Jisu)

    저는 김지수예요. 이름이 뭐예요?

    Jeoneun Gim Jisuyeyo. Ireumi mwoyeyo?

    Men Kim Jisuman. Ismingiz nima?

  4. 안바르 (Anvar)

    제 이름은 안바르예요. 우즈베키스탄 사람이에요.

    Je ireumeun Anbareuyeyo. Ujeubekiseutan saramieyo.

    Mening ismim Anvar. Men özbekistonlikman.

  5. 지수 (Jisu)

    아, 그래요? 한국어를 잘하시네요!

    A, geuraeyo? Hangugeoreul jalhasineyo!

    Şundaymi? Koreys tilida yaxşi gapirar ekansiz!

  6. 안바르 (Anvar)

    아니에요. 조금 해요.

    Anieyo. Jogeum haeyo.

    Yöq, ozgina gapiraman.

  7. 지수 (Jisu)

    한국에 처음 왔어요?

    Hanguge cheoeum wasseoyo?

    Koreyaga birinçi marta keldingizmi?

  8. 안바르 (Anvar)

    네, 처음이에요.

    Ne, cheoeumieyo.

    Ha, birinçi marta.

  9. 지수 (Jisu)

    한국에 오신 것을 환영합니다!

    Hanguge osin geoseul hwanyeonghamnida!

    Koreyaga xuş kelibsiz!

  10. 안바르 (Anvar)

    감사합니다.

    Gamsahamnida.

    Rahmat.

  11. 지수 (Jisu)

    그럼, 안녕히 가세요.

    Geureom, annyeonghi gaseyo.

    Unda, yaxşi boring.

  12. 안바르 (Anvar)

    네, 안녕히 계세요.

    Ne, annyeonghi gyeseyo.

    Yaxşi qoling.

Butun dialogni bitta audio fayl sifatida ham tinglaşingiz mumkin:

Asosiy iboralar

Kundalik hayotda eng köp işlatiladigan iboralar:

  1. 네.

    Ne.

    Ha.

  2. 아니요.

    Aniyo.

    Yöq.

  3. 여보세요.

    Yeoboseyo.

    Allo.

  4. 안녕하세요.

    Annyeonghaseyo.

    Assalomu alaykum.

  5. 안녕히 가세요.

    Annyeonghi gaseyo.

    Yaxşi boring.

  6. 안녕히 계세요.

    Annyeonghi gyeseyo.

    Yaxşi qoling.

  7. 감사합니다.

    Gamsahamnida.

    Rahmat.

  8. 죄송합니다.

    Joesonghamnida.

    Keçirasiz.

  9. 괜찮아요.

    Gwaenchanayo.

    Heçqisi yöq.

  10. 실례합니다.

    Sillyehamnida.

    Uzr, bezovta qilyapman.

  11. 잠깐만요.

    Jamkkanmanyo.

    Bir daqiqa.

  12. 다시 한번 말해 주세요.

    Dasi hanbeon malhae juseyo.

    Yana bir marta ayting.

  13. 천천히 말해 주세요.

    Cheoncheonhi malhae juseyo.

    Sekinroq gapiring.

  14. 알겠습니다.

    Algetseumnida.

    Tuşundim.

Grammatika

이에요 / 예요 — “…man”, “…dir”

Ot bilan tugaydigan gaplar oxiriga 이에요 yoki 예요 qöşiladi. Bu 1-qismda örgangan 이다 feʼlining hurmat şakli.

  • Söz batçim bilan tugasa 이에요: 사람 → 사람이에요 (odamman), 처음 → 처음이에요 (birinçi marta)
  • Söz unli bilan tugasa 예요: 지수 → 지수예요 (Jisuman), 안바르 → 안바르예요 (Anvarman)

Savol berişda ham şu şakl işlatiladi, faqat ohang kötariladi: 이름이 뭐예요? — Ismingiz nima?

저 va 제 — “men” va “mening”

Notanış odam bilan gapirganda özini kamtarona ifodalaş uçun 나 örniga 저 (men), 내 örniga 제 (mening) işlatiladi:

  • 저는 김지수예요. — Men Kim Jisuman.
  • 제 이름은 안바르예요. — Mening ismim Anvar.

안녕히 가세요 va 안녕히 계세요

Ikkalasi ham “xayr” degani, lekin kim ketayotganiga qarab tanlanadi:

  • 안녕히 가세요 — ketayotgan odamga aytiladi (“yaxşi boring”).
  • 안녕히 계세요 — özingiz ketayotganingizda, qolayotgan odamga aytiladi (“yaxşi qoling”).

Ikkalangiz ham ketayotgan bölsangiz, ikkalangiz ham 안녕히 가세요 deysiz.

Koreyslar salomlaşganda biroz taʼzim qiladi. Kattalar yoki notanış odamlar bilan salomlaşganda boşingizni ozgina egiş hurmat belgisi hisoblanadi.

Maşq

Koreysça qanday aytiladi?

  1. Rahmat.
  2. Ismingiz nima?
  3. Mehmondan ketayotganingizda uy egasiga “xayr” deyiş.
  4. Men özbekistonlikman.

Javoblar: 1. 감사합니다. 2. 이름이 뭐예요? 3. 안녕히 계세요. 4. 저는 우즈베키스탄 사람이에요.


Audio yozuvlar sunʼiy intellekt yordamida, OmniVoice modeli (CC BY-NC litsenziyasi) bilan yaratilgan. Talaffuzda kiçik xatolar bölişi mumkin. Dars mavzusi KBS WORLD Learn Korean kursining 2-qismi asosida tanlangan; dialog va tarjimalar sayt mualliflari tomonidan yozilgan.

Uşbu maqola muallif tomonidan CC BY 4.0 bilan licensiyalangan.