Samolyotdan tuşgandan keyin birinçi bosqiç — pasport nazorati. Çegara xodimi odatda qayerdan kelganingiz, nima maqsadda kelganingiz va qança qoliş niyatingiz haqida söraydi. Bu darsda Anvar Incheon aeroportida pasport nazoratidan ötadi.
Dialog
Hammasini tinglaş tugmasi dialogni boşidan oxirigaça öqiydi: har bir gap avval koreysça, keyin özbekça eşitiladi. Bitta gapni qayta eşitiş uçun uning ostidagi KO yoki UZ tugmasini bosing.
- 심사관 (Çegara xodimi)
안녕하세요. 여권 좀 보여 주세요.
Annyeonghaseyo. Yeogwon jom boyeo juseyo.
Assalomu alaykum. Pasportingizni körsating.
- 안바르 (Anvar)
네, 여기 있어요.
Ne, yeogi isseoyo.
Mana, marhamat.
- 심사관 (Çegara xodimi)
어디에서 오셨어요?
Eodieseo osyeosseoyo?
Qayerdan keldingiz?
- 안바르 (Anvar)
우즈베키스탄에서 왔어요.
Ujeubekiseutaneseo wasseoyo.
Özbekistondan keldim.
- 심사관 (Çegara xodimi)
방문 목적이 뭐예요?
Bangmun mokjeogi mwoyeyo?
Taşrifingiz maqsadi nima?
- 안바르 (Anvar)
일하러 왔어요.
Ilhareo wasseoyo.
Işlagani keldim.
- 심사관 (Çegara xodimi)
얼마 동안 계실 거예요?
Eolma dongan gyesil geoyeyo?
Qança muddatga qolasiz?
- 안바르 (Anvar)
삼 년 있을 거예요.
Sam nyeon isseul geoyeyo.
Uç yil qolaman.
- 심사관 (Çegara xodimi)
어디에서 일할 거예요?
Eodieseo ilhal geoyeyo?
Qayerda işlaysiz?
- 안바르 (Anvar)
공장에서 일할 거예요.
Gongjangeseo ilhal geoyeyo.
Zavodda işlayman.
- 심사관 (Çegara xodimi)
네, 됐습니다. 여권 여기 있습니다.
Ne, dwaetseumnida. Yeogwon yeogi itseumnida.
Yaxşi, böldi. Mana pasportingiz.
- 안바르 (Anvar)
감사합니다. 수고하세요.
Gamsahamnida. Sugohaseyo.
Rahmat. Işingizga omad.
Butun dialogni bitta audio fayl sifatida ham tinglaşingiz mumkin:
Aeroportda kerak böladigan iboralar
Pasport nazoratida, yuk oliş joyida va aeroportdan çiqişda işlatiladigan iboralar:
여권 좀 보여 주세요.
Yeogwon jom boyeo juseyo.
Pasportingizni körsating.
여기 있어요.
Yeogi isseoyo.
Mana, marhamat.
방문 목적이 뭐예요?
Bangmun mokjeogi mwoyeyo?
Taşrifingiz maqsadi nima?
관광하러 왔어요.
Gwanganghareo wasseoyo.
Sayohat qilgani keldim.
일하러 왔어요.
Ilhareo wasseoyo.
Işlagani keldim.
공부하러 왔어요.
Gongbuhareo wasseoyo.
Öqigani keldim.
일주일 있을 거예요.
Iljuil isseul geoyeyo.
Bir hafta qolaman.
짐 찾는 곳이 어디예요?
Jim channeun gosi eodiyeyo?
Yuk oliş joyi qayerda?
제 가방이 안 나왔어요.
Je gabangi an nawasseoyo.
Mening sumkam çiqmadi.
출구가 어디예요?
Chulguga eodiyeyo?
Çiqiş qayerda?
화장실이 어디예요?
Hwajangsiri eodiyeyo?
Hojatxona qayerda?
공항버스는 어디에서 타요?
Gonghangbeoseuneun eodieseo tayo?
Aeroport avtobusiga qayerdan çiqiladi?
한국어를 잘 못해요.
Hangugeoreul jal motaeyo.
Koreys tilini yaxşi bilmayman.
수고하세요.
Sugohaseyo.
Işingizga omad.
Grammatika
-(으)러 오다 — “…gani keldim”
Feʼl negiziga -(으)러 qöşilsa, qanday maqsadda kelganingiz yoki ketayotganingiz bildiriladi. Bu özbek tilidagi -gani qöşimçasiga juda öxşaydi:
- Negiz unli yoki ㄹ bilan tugasa -러: 일하다 → 일하러 왔어요 (işlagani keldim), 공부하다 → 공부하러 왔어요 (öqigani keldim)
- Negiz batçim bilan tugasa -으러: 먹다 → 먹으러 가요 (yegani boraman)
에서 — “…dan” va “…da”
에서 qöşimçasi ikki xil maʼnoda işlatiladi, ikkalasi ham özbek tilida bor:
- Qayerdan kelganini bildiradi (-dan): 우즈베키스탄에서 왔어요. — Özbekistondan keldim.
- Harakat qayerda bölayotganini bildiradi (-da): 공장에서 일할 거예요. — Zavodda işlayman.
1-qismda örgangan 에 esa faqat borilayotgan joyni (한국에 왔어요 — Koreyaga keldim) yoki narsa turgan joyni bildiradi.
-(으)ㄹ 거예요 — kelasi zamon
Kelajakdagi reja haqida gapirganda feʼl negiziga -(으)ㄹ 거예요 qöşiladi. Bu 1-qismdagi zamonlar darsida örgangan kelasi zamon şakli:
- 있다 → 있을 거예요 (qolaman), 일하다 → 일할 거예요 (işlayman)
- Hurmat bilan söralganda -시- qöşiladi: 계시다 → 계실 거예요? (qolasizmi?)
수고하세요 — işlayotgan odamga xayrlaşayotganda aytiladigan ibora: “işingizga omad”, “çarçamang”. Dökon sotuvçisi, taksi haydovçisi yoki çegara xodimi bilan xayrlaşganda aytsangiz böladi.
Koreyada 90 kundan köp qoladigan çet elliklar kelganidan keyin 90 kun içida migratsiya idorasida çet ellik guvohnomasini (외국인등록증) olişi kerak.
Maşq
Koreysça qanday aytiladi?
- Pasportingizni körsating.
- Öqigani keldim.
- Bir hafta qolaman.
- Çiqiş qayerda?
Javoblar: 1. 여권 좀 보여 주세요. 2. 공부하러 왔어요. 3. 일주일 있을 거예요. 4. 출구가 어디예요?
Audio yozuvlar sunʼiy intellekt yordamida, OmniVoice modeli (CC BY-NC litsenziyasi) bilan yaratilgan. Talaffuzda kiçik xatolar bölişi mumkin. Dars mavzusi KBS WORLD Learn Korean kursining 2-qismi asosida tanlangan; dialog va tarjimalar sayt mualliflari tomonidan yozilgan.